Barcha yangiliklar
Deputatlar tomonidan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi
Gallery image 154781
Gallery image 154782
Gallery image 154783
Gallery image 154784
Gallery image 154785
Gallery image 154786
Gallery image 154787
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
02 Iyun 2026
00:00

Deputatlar tomonidan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi

Deputatlar tomonidan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputatlari Q. Igamberdiyeva va E. Hamroyevlar hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tumandagi Musiqa maktabida bo‘lib, muassasa xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida maktab xodimlariga yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar hamda qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Yalpi majlisda qabul qilingan hujjatlarning ahamiyati, ularning joylarda ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida maktab xodimlarining taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolar va dolzarb masalalar muhokama qilindi. Bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Q_Igamberdiyeva #E_Hamroyev #A_Mamarajabov