Barcha yangiliklar
"Mustaqillik" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 154774
Gallery image 154775
Gallery image 154776
Gallery image 154777
Gallery image 154778
Gallery image 154779
Gallery image 154780
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
02 Iyun 2026
00:00

"Mustaqillik" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

"Mustaqillik" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov "Mustaqillik" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#E_Hamroyev #A_Mamarajabov