Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati  Q.O'rolov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Gallery image 154736
Gallery image 154737
Gallery image 154738
Gallery image 154739
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
03 Iyun 2026
09:37

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Q.O'rolov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolardan biri tomonidan hududda suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat bildirildi. Murojaatda aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida va uzluksiz ta’minlash masalasi ko‘tarildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mavjud holat tahlil qilinib, muammoni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilandi hamda murojaatda ko‘rsatilgan masala amaliy hal etildi.