Barcha yangiliklar
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI BUGUN BO‘LIB O‘TADI!
Gallery image 154698
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
04 Iyun 2026
09:22

DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI BUGUN BO‘LIB O‘TADI!

Hurmatli 12-Ipakchi saylov okrugi fuqarolari!
Bugun sizda hududingizni qiynayotgan masalalarni bevosita deputatga yetkazish, taklif va tashabbuslaringizni bildirish imkoniyati mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, 12-Ipakchi saylov okrugidan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati G‘ofurova Zebixon Sodiqovna saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

📍 Manzil: Zuhro MFY binosi
📅 Sana: Bugun, 2026-yil 4-iyun
⏰ Vaqt: soat 08:00
📌 Hudud: 12-Ipakchi saylov okrugi

🔹 Hududingizdagi muammolar bormi?
🔹 Taklif va tashabbuslaringizni bildirmoqchimisiz?
🔹 Murojaatlaringiz ijrosi yuzasidan savollaringiz bormi?
Unda ushbu uchrashuvni o'tkazib yubormang!

Uchrashuv davomida:
✅ Aholini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinadi;
✅ Fuqarolar murojaatlari tinglanadi;
✅ Muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilanadi;
✅ Deputatlik nazorati va jamoatchilik bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.
📣 Sizning murojaatingiz-e’tiborda! Sizning fikringiz-muhim! Hudud ravnaqi uchun birgalikda harakat qilaylik!