Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 154685
Gallery image 154686
Gallery image 154687
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
03 Iyun 2026
00:00

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

#96_Qonun

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida hamda profilaktika inspektori tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla jinoyatchilik holati bo‘yicha yashil toifaga kiritilgani, hududga 34 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilib, “Xavfsiz shahar” dasturiga ulanganligi, shuningdek jinoyatchilikni kamaytirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yo‘l xaritalari tasdiqlanib, ijrosi ta’minlanayotganligi ma’lum qilindi. Shu bilan birga, hududda jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|