Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan tegishli mas’ullar jalb etilgan holda qayta o‘rganish o‘tkazildi.
Gallery image 154675
Gallery image 154676
Gallery image 154677
Gallery image 154678
Gallery image 154679
Gallery image 154680
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
03 Iyun 2026
00:00

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan tegishli mas’ullar jalb etilgan holda qayta o‘rganish o‘tkazildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan tegishli mas’ullar jalb etilgan holda qayta o‘rganish o‘tkazildi.

Qayta o‘rganish davomida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2025-yil 17-sentabrdagi VII-13-107-7-100-K/25-son qarori asosida jamoatchilik fikri bilan g‘olib deb topilgan loyiha doirasida Payariq tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi binoda olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarida ayrim kamchiliklar mavjudligi hamda sifat talablariga to‘liq rioya etilmayotgan holatlar aniqlanib, mas’ul tashkilot vakillari ishtirokida mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlari sifatini kuchaytirilgan nazoratga olish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|