Barcha yangiliklar















RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
03 Iyun 2026
17:51
OLTINSOYLIK DEPUTAT "ECO EXPO CENTRAL ASIA 2026" XALQARO KO‘RGAZMASIDA ISHTIROK ETMOQDA
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna faol ishtirok etmoqda.
Ayjomal Xaitova tadbirga tashrif buyurgan chet el fuqarolari, xorijlik investorlar va soha ekspertlari bilan ham samimiy muloqotlar olib bordi. Chet ellik hamkorlar bilan kechgan uchrashuvlarda xalqaro tajribalarni tumanimiz
sharoitida qo‘llash imkoniyatlari hamda o‘zaro fikr almashish masalalari muhokama qilindi.
Oltinsoy tumani Kengashi deputatining bunday nufuzli platformadagi ishtiroki hududda ekologik islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati