Barcha yangiliklar
Deputat nazorati: Sangzor MFYdagi sel yo‘llarining holati o‘rganildi
Gallery image 154423
Gallery image 154424
Gallery image 154425
Gallery image 154426
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
03 Iyun 2026
16:04

Deputat nazorati: Sangzor MFYdagi sel yo‘llarining holati o‘rganildi

📌 Deputat nazorati: Sangzor MFYdagi sel yo‘llarining holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov hamda tuman Kengashi deputati B.Mirzabekovlar tomonidan «Sangzor» MFY hududida joylashgan, yopilib qolgan sel yo‘llari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida aholi xonadonlari va tomorqalarini sel suvlari xavfidan himoya qilish, sel yo‘llari hamda ichki ariqlarni tozalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavjud muammolarni bartaraf etish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq va muddatli topshiriqlar berildi.
Ishlarning bajarilishi deputatlar tomonidan qat’iy nazoratga olindi.