Barcha yangiliklar
"ENG YaXShI IJTIMOIY TAShABBUS" respublika ko‘rik tanlovining Andijon viloyati bosqichi tantanali ravishda o‘tkazildi.
Gallery image 17074
Gallery image 17075
Gallery image 17076
Gallery image 17077
XASANOVA OYDINXON QAXRAMONJONOVNA
27 Sen 2024
00:00

"ENG YaXShI IJTIMOIY TAShABBUS" respublika ko‘rik tanlovining Andijon viloyati bosqichi tantanali ravishda o‘tkazildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaroriga asosan o‘tkazilayotgan "ENG YaXShI IJTIMOIY TAShABBUS" respublika ko‘rik tanlovining Andijon viloyati bosqichi tantanali
ravishda o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra 5 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar
aniqlandi, birinchi o‘rin olganlar respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani
qo‘lga kiritdilar. “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro”
nominatsiyasi bo‘yicha Oltinko‘l tumanidan Ijtimoyat mfy raisi Daminov Odiljon Maxmudjonovich 3-o‘rinni
qo‘lga kiritdi. G‘oliblar viloyat xokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari
bilan taqdirlandilar.