Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 154230
Gallery image 154231
Gallery image 154232
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
03 Iyun 2026
09:35

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 DEPUTAT XALQ ORASIDA

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova “Qorabog‘” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan individual suhbat uchrashuvi o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy masalalar hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va murojaatlar tinglandi.

📝 Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

✅ Deputat va saylovchilar o‘rtasidagi bunday ochiq muloqotlar hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.