Barcha yangiliklar
Bitiruvchi yoshlar bandligi dolzarb masala sifatida ko‘tarildi
Gallery image 154179
Gallery image 154180
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
19 May 2026
19:53

Bitiruvchi yoshlar bandligi dolzarb masala sifatida ko‘tarildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi J.Uskanov Jizzax televideniyasining “Munozara maydoni” ko‘rsatuvida ishtirok etdi.

Ko‘rsatuv davomida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning ta’limdan keyingi imkoniyatlari hamda mehnat bozoriga moslashuvi masalalari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning kelajak rejalari shakllanishida hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur chiqish yoshlar masalalarini keng jamoatchilikka yetkazish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.