Barcha yangiliklar
Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi
Gallery image 154154
Gallery image 154155
Gallery image 154156
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
20 May 2026
19:39

Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat To‘lqin Qodirov tomonidan Oqbuloq MFYning Yangi davr ko‘chasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalasi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i hamda mahalla raisi ishtirok etib, hududdagi yo‘llarning holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich asfaltlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.