Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi deputatlari hayriya tadbirida ishtirok etishdi
Gallery image 154148
Gallery image 154149
Gallery image 154150
Gallery image 154151
Gallery image 154152
Gallery image 154153
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
20 May 2026
19:38

Tuman Kengashi deputatlari hayriya tadbirida ishtirok etishdi

Zarbdor tumanidagi 1-son kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi Nusratilla Pardayev, Jizzax viloyati Kengashi deputati Akram Raxmonqulov, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Gulzoda Xudoyarova hamda 5-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Zafar Umurzakov ishtirok etdi.

Ko‘rgazma davomida ishtirokchilarning iste’dodi, mehnatsevarligi va ijodkorligi e’tirof etilib, imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.