Barcha yangiliklar





TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
21 May 2026
19:35
DEPUTAT SO'ROVI
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Dilshod Kuchiboyev tomonidan tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori S.Mamayusupovga deputatlik soʻrovi yuborildi.
Soʻrovda davlat ahamiyatidagi D 058 "M39 avtomobil yoʻli (977 km.dan) — «Oqar» agroxizmat markazi — D042 avtomobil yoʻli (4 km.ga chiqish)" yoʻlining yaroqsizligi, qoplamasizligi sababli yogʻingarchilikda suv toʻplanib, harakatga qiyinchilik tugʻdirayotgani bayon etilgan va yoʻlni asfaltlashtirishda amaliy yordam soʻralgan.