Barcha yangiliklar
"Yoshlik" mahallasidagi gaz muammosi deputat soʻrovidan soʻng hal etildi
Gallery image 154135
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
21 May 2026
19:32

"Yoshlik" mahallasidagi gaz muammosi deputat soʻrovidan soʻng hal etildi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashiga 17-Yoshlik saylov okrugidan saylangan deputat Farhod Xojimurotovning "Yoshlik" mahallasida suyultirilgan gaz taʼminoti kechikayotgani toʻgʻrisidagi soʻrovi "Zarbdortumangaz" boʻlimi tomonidan atroflicha oʻrganildi va ijrosi taʼminlandi.
Tasdiqlangan reja-jadvalga asosan, joriy yilning 12–13-may kunlari mahalla aholisiga jami 6600 kg (12-may kuni 4400 kg, 13-may kuni 2200 kg) suyultirilgan gaz oʻz vaqtida yetkazib berildi. Bu haqda "Yoshlik" MFY raisi X.A.Ismoilov tomonidan tasdiqlovchi maʼlumotnoma taqdim etilgan.
Shuningdek, gaz tarqatish jarayonida aholiga undan oqilona va xavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha tushuntirishlar berildi.