Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 154119
Gallery image 154120
Gallery image 154121
Gallery image 154122
Gallery image 154123
Gallery image 154124
Gallery image 154125
Gallery image 154126
Gallery image 154127
Gallery image 154128
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
22 May 2026
19:26

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini tuman Kengashi raisi Anvar Aralov olib bordi.

Sessiya kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, tuman Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi”ning 2026-yil mavsumi g‘oliblarini rag‘batlantirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ham muhokama qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.