Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan o'rganish olib borildi.
Gallery image 154114
Gallery image 154115
Gallery image 154116
Gallery image 154117
Gallery image 154118
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
02 Iyun 2026
19:26

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan o'rganish olib borildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan o'rganish olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-393-son qarori ijrosi doirasida Payariq tumani Madaniyat mahallasida joylashgan “Vali” oilaviy shifokorlik punktini mukammal ta’mirlash (1-tip OP) ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida obyektda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan monitoring olib borildi.

Shuningdek, qurilish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga ishlar sifatini ta’minlash va qurilishni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|