Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 17022
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
27 Sen 2024
11:28

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yurtimizda nafaqat shaharlar, balki eng chekka hududlarda ham aholi turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman markazidan olis mahallalardagi ko‘chalar asfaltlanib, insonlar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Boyovut tumanining "Istiqlol" mahallasida ham mana shunday ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun mahallaning ichki ko'chalariga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarning natijasida endilikda qishloq yo‘llari yozda chang, qishda loy bo‘lmaydi.

Mahalla nuroniylari, mahalla deputati hamda faollar duoga qol ochib Qur'on tilovat qilindi, yurt farovonligi, xonadonlarga fayzu-barokatlar, ushbu ishlarda bosh-qosh bo‘lganlarga sog‘lik so‘ralib duo qilindi.