Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengash deputati B.Abrayev tashabbusi bilan shaharning “Guliston”, “Pattakesar” mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Gallery image 17018
Gallery image 17019
Gallery image 17020
Gallery image 17021
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
20 Sen 2024
11:03

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengash deputati B.Abrayev tashabbusi bilan shaharning “Guliston”, “Pattakesar” mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI 

Davlatimiz rahbari tomonidan hududlardagi ijtimoiy muammolarni “mahallabay” tartibda hal qilish boʻyicha belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz shahrida mahalla kesimida ularning asosiy muammolarini oʻrganish, aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida deputatlar, shahar tashkilotlari xodimlaridan iborat ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqdalar. Aholini qiynayotgan muammolar xalq ichiga chuqur kirib borilgandagina yaxshi bilinadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengash deputati B.Abrayev tashabbusi bilan shaharning “Guliston”, “Pattakesar” mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Deputat uchrashuvi davomida bir nechta xonadonlarga kirib, ularning muammolarini oʻrgandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni qonun doirasida tegishli tashkilotlar bilan o‘rganib chiqishga va nazoratga olishga kelishib olindi.