Barcha yangiliklar
Uchrashuv
Gallery image 153887
Gallery image 153888
Gallery image 153889
ATANAZAROV DONIYOR KUVANDIKOVICH
02 Iyun 2026
16:07

Uchrashuv

Qonunchilik palatasi deputati G.Xalmuratova, Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati J.Mamutov, tuman hokimi o‘rinbosari A.Avezimbetov va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Torenovlar tumandagi Navro‘z va Nurli yo‘l mahallalari faollari, mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Mahalla yettiligi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va mahalla tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida aholining muammolari, takliflari tinglandi va muammolar yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlik qilinishi bildirildi.