Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati
Gallery image 153782
Gallery image 153783
Gallery image 153784
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
02 Iyun 2026
12:10

#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Abror Ergashovich tomonidan “24 ta masala” ijrosi hamda deputatlik nazorati doirasida tumanining “Ovchi” mahallasida joylashgan 58-sonli oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputat mahalla nuroniylari bilan birgalikda tibbiyot muassasasiga tashrif buyurib, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, mavjud sharoitlar, tibbiy xizmatlar sifati hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati