Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 153752
Gallery image 153753
Gallery image 153754
Gallery image 153755
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
02 Iyun 2026
11:51

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Sharopov hamda tuman Moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi F.Xudoynazarov ishtirokida Kengashning 26-sessiyasida ko‘rib chiqilgan budjet masalalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida sessiyada muhokama qilingan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning samaradorligi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda sessiyada deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.