Barcha yangiliklar
Oltinko‘l mahallasidagi “PLYAJ” dam olish maskanida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 153713
Gallery image 153714
Gallery image 153715
Gallery image 153716
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
02 Iyun 2026
10:59

Oltinko‘l mahallasidagi “PLYAJ” dam olish maskanida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari bilan birgalikda Oltinko‘l mahallasi hududida tashkil etilgan “PLYAJ” aholi dam olish maskanini ko‘zdan kechirdilar.

Maskanda yoshlarning mazmunli hordiq chiqarayotgani, cho‘milish uchun yaratilgan sharoitlardan foydalanayotganligi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, plyaj hududi va uning atroflarida olib borilayotgan obodonlashtirish hamda qurilish ishlari, sanitariya holati, xavfsizlik choralarining ta’minlanishi, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday maskanlar aholining va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, oilaviy dam olish madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.