Barcha yangiliklar
Mahallada obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 153623
Gallery image 153624
Gallery image 153625
Gallery image 153626
Gallery image 153627
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
01 Iyun 2026
19:56

Mahallada obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Mahallada obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov o‘zi saylangan hududdagi “Kunchiqish” mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda ushbu ishlarda faol ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilib, hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar bilan tanishdi hamda obodonlashtirish tadbirlarida bevosita ishtirok etdi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Xolmominov