Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati: ijtimoiy loyiha ijrosi o‘rganildi
Gallery image 153594
Gallery image 153595
Gallery image 153596
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
01 Iyun 2026
19:34

Deputatlik nazorati: ijtimoiy loyiha ijrosi o‘rganildi

Bog‘ot tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik harakati Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari U.Ibrohimov tomonidan Hunarmand va Dehqonobod mahallalarida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Aminboy Rajabov hamda I guruh nogironi Anagul Xo‘janiyozovaning xonadonlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilayotganii qayd etildi.

Mazkur loyiha aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, energiya tejamkorligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.