Barcha yangiliklar
Yangidavr mahallasida deputat bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Gallery image 153532
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
01 Iyun 2026
18:58

Yangidavr mahallasida deputat bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

📌Xudoyarov Baxrom Ziyavutdinovichning "Yangidavr" mahallasi aholisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

❗️Uchrashuv davomida mahalla fuqarolarini qiynayotgan dolzarb masalalar, hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohadagi muammolar muhokama qilindi.

✅Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.