Barcha yangiliklar



AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
25 May 2026
00:00
💐 Joriy yilning 25 may kuni Yashnobod tumani MMTB tasarrufidagi 149-sonli umumta’lim maktabida “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Tadbirda Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Safarov Rustam Do‘siyorovich ishtirok etib, bitiruvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yo‘llangan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
☀️ Tadbir davomida ustozlarning fidokorona mehnati e’tirof etilib, bitiruvchilarning maktab bilan xayrlashuv onlariga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, samimiy dil izhorlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
🔥 Shuningdek, maktab hayotida faol ishtirok etgan o‘quvchilar, ustozlar va faol ota-onalar munosib taqdirlandi. 🎓✨