Barcha yangiliklar
Yashnobod tumanida yangi “Yashil bog‘” tashkil etiladi
Gallery image 153520
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
01 Iyun 2026
18:39

Yashnobod tumanida yangi “Yashil bog‘” tashkil etiladi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining qarori bilan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Ahmad Yassaviy” mahallasida yangi “Yashil bog‘” barpo etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

📌Loyiha “Ochiq byudjet” platformasida aholi tomonidan bildirilgan takliflar asosida g‘olib deb topilgan bo‘lib, Alimkent ko‘chasidagi 0,7 gektar maydonda amalga oshiriladi.

✅Qarorga muvofiq, hududda ko‘chat ekish, yashil hududlarni parvarishlash, ekologik madaniyatni oshirish hamda yangi jamoat yashil hududlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.

🌱 Yashil hududlar — sog‘lom va obod muhit garovi!