Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 153438
Gallery image 153439
Gallery image 153440
Gallery image 153441
Gallery image 153442
Gallery image 153443
Gallery image 153444
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
01 Iyun 2026
17:38

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kengashning 2026-yil birinchi yarim yillik media-rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida aholi bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyati, shuningdek subsidiyalar va kreditlar ajratilishi holatini o‘rganish yuzasidan kotibiyat mudiri X.Berdiyarova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan Boyovut tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyiga qadar jismoniy shaxslardan ishga joylashish masalasi bo‘yicha jami 541 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 353 tasi ijobiy hal etilib, fuqarolar ish bilan ta’minlangan.

Ishga joylashtirilgan fuqarolarning 242 nafari ayollar, 128 nafari esa yoshlardan iborat. Shuningdek, 148 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirilgan bo‘lib, ulardan 130 nafari ayollar, 63 nafari yoshlar hisoblanadi.

O‘rganish davomida subsidiya ajratish masalasi ham tahlil qilinib, hozirgi kunga qadar subsidiya mablag‘lari ajratilmaganligi, biroq ushbu yo‘nalish bo‘yicha talabgorlar ro‘yxati shakllantirilganligi aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat yuzasidan tegishli ma’lumotlar umumlashtirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.