Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 153253
Gallery image 153254
Gallery image 153255
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
01 Iyun 2026
14:12

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 18-okrug deputati Doniyor Yusupov tomonidan “Boyjigit” mahallasida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorining xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda yoshlar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini olib borish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, xavfsizlik masalalari hamda aholini qiynayotgan ayrim holatlar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, mahallada tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.