Barcha yangiliklar
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 153242
Gallery image 153243
Gallery image 153244
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
01 Iyun 2026
13:43

Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U.Bobojonov hamda tuman Kengashining 7-Toshmachit saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Ochilov bilan birgalikda Tojikon mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati hamda aholini qiynab kelayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi.

Mas’ullar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar mutasaddi tashkilotlar nazoratiga olindi.