Barcha yangiliklar
Bozordagi narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi.
Gallery image 153233
Gallery image 153234
Gallery image 153235
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
01 Iyun 2026
12:58

Bozordagi narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati N.Babayev shahar Dehqon bozorida aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash, narx-navoning barqarorligini saqlash hamda savdo jarayonlarini o‘rganish maqsadida monitoring olib bordi. Bozor
hududidagi savdo rastalari faoliyati ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlar bilan muloqot qilindi. Ularning faoliyati uchun yaratilgan
shart-sharoitlar, mavjud muammolar va takliflar o‘rganildi. Shuningdek, bozor hududida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishi, tozalik va tartibni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada bozor ma’muriyatiga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Aholiga qulay va xavfsiz savdo muhitini yaratish, narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.