Barcha yangiliklar
#DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 153190
Gallery image 153191
Gallery image 153192
Gallery image 153193
Gallery image 153194
Gallery image 153195
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
01 Iyun 2026
11:55

#DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari X.Tavasharov va Yu.Hakimovlar so‘zga chiqib, tumanda muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish va ularni ozoda saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Jumladan, Tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan qabristonlarda obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida hasharlar tashkil etilib, hududlarni chiqindilardan tozalash, daraxtlarga shakl berish, ichki yo‘laklarni tartibga keltirish hamda atrof-muhitni yanada obod qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ta’kidlanganidek, mazkur ishlar aholi uchun munosib ziyoratgoh muhitini yaratish, muqaddas qadamjolarning obodligi va ozodaligini ta’minlash, shuningdek, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati