Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 153155
Gallery image 153156
Gallery image 153157
Gallery image 153158
Gallery image 153159
Gallery image 153160
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
01 Iyun 2026
11:29

Kengash_faoliyati

Bandixonda yangiliklar davom etadi!

Bandixon tumani hududidan o’tuvchi D167 mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’lining 108-110 km qismida (xalq tilida ximiya povorotdan yashil metangacha) umumiy qiymati 2,4 mlrd. so’m, uzunligi 2 km bo’lgan salomatlik yo’lakchasi (piyodalar va velosiped) qurilish ishlari boshlandi.

Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev qurilish maydonida bo‘lib, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga har bir qarich yerning sifatli va xavfsiz infratuzilma talablariga mos ravishda qurilishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Hozirda hududda dastlabki yer tekislash va beton quyish ishlari boshlab yuborilgan. Tez orada tumanimiz ahli uchun yana bir zamonaviy maskan foydalanishga topshiriladi.