Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan muloqot e’tibor markazida
Gallery image 153003
Gallery image 153004
Gallery image 153005
Gallery image 153006
SHARIPOV HASANJON ZOKIRJONOVICH
14 May 2026
09:41

Saylovchilar bilan muloqot e’tibor markazida

Dastlab, Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputatlari, tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati bilan tumandagi mavjud maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari bilan muloqot o‘tkazildi.

 ✍️Ushbu muloqotda o‘quvchilar va pedagoglar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida fikr yuritildi. 

✍️Shuningdek, Joriy yil 1 aprel kuni qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi PQ-120-sonli prezident qarorini tumanda ijrosini ta’minlash va davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib o‘tkazish, Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar Uchinchi renessans yaratuvchilarini yuzaga chiqarishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng ko‘lamda olib borish masalalari muhokama qilindi.