Barcha yangiliklar
📝 Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Gallery image 152981
Gallery image 152982
Gallery image 152983
Gallery image 152984
Gallery image 152985
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
12 May 2026
09:35

📝 Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

📝 Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

🏦Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valiyeva hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Ahmedova tomonidan Bahoriston MFYda yashovchi fuqaroning oilaviy kelishmovchilik bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

✍️O‘rganish jarayonida murojaatchining oilaviy sharoiti, yuzaga kelgan muammo va kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabablari atroflicha tinglandi. Suhbat davomida oila a’zolarining fikr-mulohazalari eshitilib, mavjud vaziyatni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Shuningdek, mutasaddilar tomonidan oilada sog‘lom ma’naviy muhitni tiklash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Zarur hollarda masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, murojaatchiga huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish choralarini ko‘rish belgilandi.

✍️Murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi. Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube