Barcha yangiliklar
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy  tumani Kengashi 7-Shirinbuloq  saylov okrugi deputati Dadajonov Anvarjon  tomonidan Soy bo’yi mahallasida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.
Gallery image 152962
Gallery image 152963
Gallery image 152964
Gallery image 152965
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
11 May 2026
09:26

🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 7-Shirinbuloq saylov okrugi deputati Dadajonov Anvarjon tomonidan Soy bo’yi mahallasida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.

🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 7-Shirinbuloq saylov okrugi deputati Dadajonov Anvarjon tomonidan Soy bo’yi mahallasida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi savdo shoxobchalari, do‘konlar va bozor rastalarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoring qilinib, ularning barqarorligi hamda aholiga yetarli miqdorda yetkazib berilayotganligi tahlil etildi. Xususan, un, yog‘, shakar, go‘sht, guruch va boshqa kundalik ehtiyojdagi mahsulotlarning mavjudligi va narxlaridagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sotuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mahsulotlar ta’minoti, logistika jarayonlari hamda narxlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi.

🌐Aholi tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar ham inobatga olinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube