Barcha yangiliklar
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy  tumani Kengashining 2-Ozod saylov okrugidan saylangan deputat Q.Rahmonov tomonidan Ozod  mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 152956
Gallery image 152957
Gallery image 152958
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
11 May 2026
09:24

🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 2-Ozod saylov okrugidan saylangan deputat Q.Rahmonov tomonidan Ozod mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.

🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 2-Ozod saylov okrugidan saylangan deputat Q.Rahmonov tomonidan Ozod mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.

✅Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash, hududda mavjud masalalarga joyida yechim topishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik masalalari hamda ijtimoiy sohadagi muammolar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi.

👨💼Deputat tomonidan har bir murojaat alohida e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

✅Shuningdek, uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni tizimli hal etish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan reja va takliflar muhokama qilindi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube