Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 152947
Gallery image 152948
Gallery image 152949
Gallery image 152950
Gallery image 152951
Gallery image 152952
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
01 Iyun 2026
09:21

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ UCHRASHUV O‘TKAZILDI

🏫 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 21-G‘urjak saylov okrugi deputati Z.Eshmurodova tomonidan “Qulluqsho” mahallasida saylovchilar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid dolzarb masalalar, kundalik turmushda uchrayotgan muammolar hamda taklif va murojaatlar tinglandi.

📋 Xususan, aholini qiynab kelayotgan infratuzilma, bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar va boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ularni o‘rganish va bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

📌 Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda muammolarni tizimli ravishda hal etish bo‘yicha ham taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.