Barcha yangiliklar
Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
Gallery image 152835
Gallery image 152836
Gallery image 152837
Gallery image 152838
Gallery image 152839
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
26 May 2026
20:56

Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda

Forumda kelishilgan hamkorlik davomi sifatida Belarus Respublikasining Vitebsk viloyati Polosk shahri hokimi hamda Termiz shahar hokimi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik kelishuvi va “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

💬 Mazkur jarayonda Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Kravchenya hamda shahar hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

💬 Imzolangan hujjatlar bevosita iqtisodiyot, investitsiyalar, sanoat, savdo, turizm, madaniyat, ta’lim va boshqa qator yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, hududlar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

💬 Ushbu kelishuv Termiz va Polosk shaharlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqib, ikki hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Hamkorlik – taraqqiyot va o‘zaro manfaatlar sari muhim qadam.