Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari
Gallery image 152737
Gallery image 152738
Gallery image 152739
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
26 May 2026
18:15

Deputat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Jamil Gaparov tomonidan Vobkent tumanidagi Soʻfidehqon oilaviy shifokorlik punktida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda bepul berilishi belgilangan dori-darmon vositalarining mavjudligi va aholiga yetkazib berilish holati oʻrganildi.

🩺Oʻrganish davomida shifokorlik punktida tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati, navbatlar tizimi, dori vositalarining saqlanish sharoiti hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

🚩Mazkur oʻrganish jarayonida ayrim yoʻnalishlarda mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi. Taʼkidlanganidek, aholining salomatligini mustahkamlash, ularga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish, ayniqsa ehtiyojmand fuqarolarni bepul dori-darmon bilan taʼminlash masalalari doimiy deputatlik nazoratida boʻlib qoladi.

🚑Shuningdek, shifokorlik punkti faoliyatini yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish lozimligi qayd etildi.