Barcha yangiliklar
Oʻrganish muhim boʻlgan qonunlar
Gallery image 152680
Gallery image 152681
Gallery image 152682
Gallery image 152683
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
26 May 2026
18:06

Oʻrganish muhim boʻlgan qonunlar

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Shuxrat Ergashev tuman ichki ishlar boʻlimi maʼsullari va “Istiqlol”, “Kulolchi” MFY aholisi oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda axborot xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

👥Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi hamda “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati aholiga keng tushuntirildi.

👮‍♀️Jumladan, bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

🛡Shuningdek, bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan kiberxavfsizlik masalalari, internet tarmogʻidagi tahdidlar, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, yoshlarni turli zararli axborotlardan asrash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar xususida ham fikr almashildi.

❓Uchrashuv davomida fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda qonunchilikda belgilangan imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushunchalarga ega boʻldilar.