Barcha yangiliklar
Murojaatlar ijrosi — amaliy yechimlar sari
Gallery image 152455
Gallery image 152456
Gallery image 152457
Gallery image 152458
Gallery image 152459
Gallery image 152460
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
23 May 2026
17:03

Murojaatlar ijrosi — amaliy yechimlar sari

Murojaatlar ijrosi — amaliy yechimlar sari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari hamda deputatlar ishtirokida fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Navbatdagi qabul Termiz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sattor Jumayev deputatlar G.Shafoatova, K.Abdullayevalar tomonidan o‘tkazildi. Qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida hal etish, ularning murojaatlariga qonuniy va adolatli yechim topish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.