Barcha yangiliklar
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
Gallery image 152347
Gallery image 152348
Gallery image 152349
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 May 2026
15:40

Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G.Bozorova Chortut MFYDA mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi murojaatlari hamda obodonlashtirish ishlarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligi va xotin-qizlar masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan aholi bilan muloqot va joylarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.