Barcha yangiliklar
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 152315
Gallery image 152316
Gallery image 152317
Gallery image 152318
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 May 2026
15:30

Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan Olti Qahramon MFY hududida faoliyat yuritayotgan tikuv sexi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida sexda yaratilgan ish sharoitlari, ishlab chiqarish jarayoni hamda xodimlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tikuvchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan faoliyatning mahalliy aholi, ayniqsa xotin-qizlar bandligini oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish masalalari deputatlar e’tiborida bo‘lib qoladi.