Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 152160
Gallery image 152161
Gallery image 152162
Gallery image 152163
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
26 May 2026
12:03

Kotib

“Kamolot” va “Yangi Kamolot” mahallalari fuqarolari bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish hamda ijtimoiy masalalarga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi qabul tashkil etildi.

Qabul Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Kim Vitaliy Gennadevich tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash, davolanishga ko‘maklashish, uy-joy va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaliy yechim yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, deputat tomonidan aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib, mahallada infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.