Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 152130
Gallery image 152131
Gallery image 152132
Gallery image 152133
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
26 May 2026
11:23

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida “Boyovut tumanida yashil tamoyil va yondashuvlarni joriy etish” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi, deputat O. Isanov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Yo‘l xarita”ning 42-bandida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, tumanda yashil tamoyillar asosida namunaviy xonadonlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur bandga muvofiq, tumandagi 20 ta mahallada joylashgan xonadonlarda namunaviy tarzda quyosh panellari, geliokollektorlar hamda issiqlik nasoslarini o‘rnatish belgilangan.

Bugungi kunga qadar tumanning “Beruniy”, “Sohil”, “Ozodlik”, “Yangi bo‘ston”, “Olmazor”, “Anorzor”, “A.Navoiy” hamda “Uchturg‘on” mahallalaridagi jami 9 ta xonadonda quyosh panellari, geliokollektor va issiqlik nasoslari o‘rnatilgani aniqlandi.

Shuningdek, qolgan hududlarda ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.