Barcha yangiliklar
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatidan xalq rozi
Gallery image 151964
Gallery image 151965
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
26 May 2026
09:41

Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatidan xalq rozi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi kotibiyat mudiri X.Ibragimova deputat E.Abduraxmonovga biriktirilgan “Turkiston” mahallasida mahalla yettiligi va aholi bilan uchrashdi. Aholiga bugungi kunda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida, aynan “Turkiston” mahallasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar to‘g‘risida axborot berildi. Uchrashuv jarayonida “Sirdaryo -11” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar xolatini o‘rgandi. Aholining muammolari eshitildi. Ko‘p qavatli uylar atrofidagi daraxtlarni butashdan xosil bo‘lgan tabiiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha BSK va Obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli topshiriqlar berildi. Uchrashuv so‘ngida 47-va 47a ko‘p qavatli uylar xovlisida hudud obodonlashtirishiga o‘zining munosib xissasini qo‘shib kelayotgan aholi mahalla raisining TAShAKKURNOMASI bilan taqdirlanishdi