Barcha yangiliklar
Katta Do‘mbirobod aholisini qiynayotgan transport va yo‘l muammolari yuzasidan deputat M. Nazirov tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
Gallery image 151928
Gallery image 151929
Gallery image 151930
Gallery image 151931
Gallery image 151932
Gallery image 151933
Gallery image 151934
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
26 May 2026
09:17

Katta Do‘mbirobod aholisini qiynayotgan transport va yo‘l muammolari yuzasidan deputat M. Nazirov tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan Katta Do‘mbirobod mahallasi aholisining murojaatlari asosida hududdagi jamoat transporti bekati va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Unda Do‘mbirobod ko‘chasida joylashgan “Do‘mbirobod ko‘chasi” jamoat transporti bekatida fuqarolar uchun yetarli qulay sharoit mavjud emasligi, bekat hududi zamonaviy talablarga javob bermasligi hamda yo‘llarning nosoz holati aholi uchun qator noqulayliklarni yuzaga keltirayotgani qayd etilgan.

Shu munosabat bilan mazkur hududga zamonaviy jamoat transporti bekatini o‘rnatish, bekat atrofi va unga tutash hududlarda asfaltlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Deputat so‘rovida mas’ul tashkilotlardan ushbu masalaning hududiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgani, amalga oshirish muddatlari, ajratiladigan mablag‘lar hamda loyiha doirasida ko‘riladigan amaliy choralar yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Qayd etilishicha, hududda zamonaviy bekat majmuasini barpo etish aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish, jamoat transportidan foydalanish sifatini yaxshilash hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.