Barcha yangiliklar







JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
25 May 2026
18:45
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari bo‘lgan deputatlar ishtirok etishdi.
Yig'ilishda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan sessiyaga olib chiqilayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza ва takliflar bildirildi.
Yakunda muhokama etilgan masalalar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun ma’qullandi.